logo
Orqaga qaytish

Toshkent politexnika muzeyi yana bilimdonlarni o’zida jamladi

22.07.2016

Avtomobil sanoatini rivojlantirishda  aniq fanlar bo‘yicha qo‘lga kiritilgan yutuqlar muhim ahamiyatga ega. Shu bois,  Toshkent politexnika muzeyida  ushbu fanlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan akademik olimlarning tavallud topgan sanalariga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazish yaxshi an'anaga aylangan. Akademik P.L. Kapitsa tavalludining 122 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir. Aynan fizika fani uchun qilgan xizmatlari va muhim kashfiyotlari uchun Kapitsa fizik-olim sifatida keng tanilgan. Tadbir  nafaqat yosh bolajonlarga balki o‘smir yigit-qizlarga ham birdek qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Buyuk olim hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan film namoyishidan keyin barcha ishtirokchilar olimning  hayoti va ixtirolariga odi qiziqarli viktorinada qatnashishdi. Savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

                                                           “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

 

Boshqa yangiliklar

tepaga