logo
Orqaga qaytish

Toshkent politexnika muzeyi yangi eksponat bilan to‘ldirilmoqda

30.03.2016

Joriy yilning 12 aprelida Toshkent politexnika muzeyida katta tantanali marosim bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Respublikasidagi  Rossotrudnichestvo vakolatxonasi  boshqaruvi hamda Rossiya fan va madaniyat markazi vakillari, Toshkentda, usta Aleksey  Leonov tomonidan bajarilgan haykalni muzeyga sovg‘a sifatida topshiradilar.

Sayyoraning birinchi raqamli kosmonavti, Sovet Ittifoqi qahramoni, uchuvchi - Yuriy Gagarin sharafiga bronzadan yasalgan byust - O‘zbekiston poytaxtida joylashgan, yangi va eng ko‘p ishtirokchiga ega  muzeyni bezaydi.

Ushbu tadbir insonning kosmosga ilk parvozi amalga oshirilganligining 55-yilligi munosabati bilan,  O‘zbekiston Respublikasidagi  Rossotrudnichestvo vakolatxonasi  boshqaruvi hamda “Dialog kultur - Yediniy mir” xalqaro xayriya  jamg‘armasi  tashabbusiga asosan bo‘lib o‘tadi.

  "O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga