logo
Orqaga qaytish

Toshkent politexnika muzeyida “Yosh ixtirochi” kuni nishonlandi

18.01.2016

2016 yil 17 yanvarda Toshkent politexnika muzeyida birinchi bor “Yosh ixtirochi” kuni nishonlandi. Tadbirning asosiy maqsadi, bolalarni texnika ijodkorligiga yo'naltirib rag'batlantirish, hamda jamiyat e'tiborini iqtidorli bolalarga qaratish bo'ldi.

Tarixda ushbu kun an'anaviy tarzda, mashxur siyosiy arbob, diplomat, olim, jurnalist, 15 yoshlik o'smirlik davrida birinchilardan bo'lib suzuvchi moslamaning dastlabki nusxasini kashf qilgan va yasagan inson Bendjamin Franklinga bag'ishlangan.

Yilnomaning ushbu esda qolarli bo'lgan yosh ixtirochilar kuni, endi Toshkent politexnika muzeyida ham nishonlanadigan bo'ldi. Muzeyning ikkinchi qavatida maktab, litsey, kolledj va oliy ta'lim muassasalari o'quvchilarining 31 kashfiyoti keng omma e'tiboriga havola qilindi. Uzoq muddat davom etgan muhokamalar natijasida jyuri a'zolari tomonidan eng qiziq ishlanmalar tanlab olindi , ishlanma egalari esa diplomlar va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanishdi.

Tadbirda, ushbu konkurs – nafaqat erishilgan natijalar (yutuqlar) bilan g'ururlanishga sabab bo'lmog'i, balki o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bo'lmog'i zarurligi ta'kidlandi. Ko'pchilik bolalarga – bu katta ilmlar sari boshlang'ich yo'l va davlatimizning etakchi oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun imkoniyat bo'ldi.

Muzey har yili ushbu kunda, qiziqarli ixtirolarga bag'ishlangan, turli xil ko'rgazmalar o'tkazishni rejalashtirmoqda.

"O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga