logo
Orqaga qaytish

Toshkent politexnika muzeyida shaxmat turniri o‘tkazildi.

15.04.2016

Toshkent politexnika muzeyida Sohibqiron bobomiz Amir Temur  tavalludining 680 yilligiga bag‘ishlab shaxmat turniri o‘tkazildi. Unda poytaxtimizdagi  oliy o‘quv yurtlari talabalari va umumta'lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirning ochilish marosimida  ta'kidlanganidek,  o‘z davrida Sohibqiron Amir Temur shaxmatda  aynan qora donalarni afzal ko‘rganligi, shaxmat o‘yinida qo‘llaniladigan har bir uslublardan u janglarda ham mukammal foydalangan. 40 nafardan ortiq  havaskor shaxmat ustalari ishtirok etgan turnirning yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarida umumjamoa hisobida  50-umumta'lim maktabi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.  187 maktab jamoasi esa hakamlar hay'ati tomonidan ikkinchi o‘ringa sazovor deb topildi. 107 maktab jamoasi esa uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.  Kattalar o‘rtasidagi bahslarda esa Toshkent avtomobil va yo‘llar instituti  jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa,  Toshkentdagi Turin politexnika universiteti jamoasining turnirda faol ishtirok etgani e'tirof etildi.  Turnir g‘oliblari va barcha ishtirokchilarga  diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

                                                                      “O’zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga