logo
Orqaga qaytish

Toshkent politexnika muzeyida yangi retro-avtomobil taqdimoti o‘tkazildi

11.03.2016

Toshkent politexnika muzeyining retro-kolleksiyasi sezilarli darajada boyib bormoqda. Bu safar yana bir retro avtomobil-«Chayka» GAZ-14 muzey ekspozitsiyasidan o‘rin oldi. Shu munosabat  bilan o‘tkazilgan taqdimot marosimida  poytaxtimizdagi avtomobil ishqibozlari ishtirok etishdi.  Tadbirda ta'kidlanganidek, mazkur avtomobil Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiya va savdo vazirligi tomonidan  muzeyga sovg‘a qilindi.

Muzey ekspozitsiyasida GAZ-14 ning 1959 yildan 1981 yilgacha  ishlab chiqarilgan bejirim  avlodi «Chayka» GAZ-13 ham mavjud bo‘lib  mazkur avtomobil  rusumi  bor yo‘g‘i 3189 dona ishlab chiqarilgan.

                                                                      "O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga