logo

Toshkent shahar Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litsey

Mirxodjaeva Gulruh Miralievna

Manzil: Toshkent shahri, 100096, Niyozova ko’chasi, (kichik halqa yo’li), 18

Telefon: (71) 246-73-30

E-mail: info@polito.lyceum.uz

Litsey ustavi.pdf(264 KB)

Toshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti huzurida Akademik litsey faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

 

Toshkent shahar Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 sentyabrdagi  “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida akademik litsey faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 208-sonli qarori asosida tashkil topgan.

Akademik litseyni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad iqtidorli yoshlarning bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, sanoatning yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarida malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, aniq fanlar va ingliz tili bo‘yicha chuqurlashtirilgan, kasbiy yo‘naltirilgan ta'lim olishga bo‘lgan ehtiyojni ta'minlashdan iborat

«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligida akademik litseyda o‘qitishni davlat ta'lim standartlariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshirish, akademik litseyning pedagogik kadrlari tarkibini tanlov asosida malakali, chuqur kasbiy bilimga, yuksak axloqiy va ma'naviy sifatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan to‘ldirish, akademik litseyni zarur o‘quv-laboratoriya jihozlari va sport anjomlari, kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi jihozlari, axborot resurs markazi fondi va zarur jihozlar bilan ta'minlash bo‘yicha уetarlicha ishlar amalga oshirilgan.

tepaga