logo
Orqaga qaytish

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining 2016/2017 oʻquv yili uchun qabul kvotasi oshirildi

27.04.2016

2016 yilda Toshkentdagi Turin  politexnika universiteti bakalavriat bosqichiga 100 nafar ko’p talaba qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18-apreldagi qaroriga asosan tasdiqlangan qabul kvotasi 350 tagacha oshirildi. Magistratura bosqichiga esa 25 kishi qabul qilinadi.

Qabul kvotasini oshirish to’g’risida qaror qabul qilinishi mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektoridagi  korxonalar, xususan, avtomobilsozlik, energetika, axborot texnologiyalari sohasida  oliy ma’lumotli mutaxassislarga   bo’lgan talab yildan yilga oʻsib borayotganligi bilan bog’liqdir.

"Mashinasozlik texnologiyasi" mutaxassisligiga 200 nafar, "Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari"  yo’nalishi bo’yicha  100 nafar, "Energetika"  va "Sanoat - fuqarolik qurilishi va arxitektura"  mutaxassisliklari bo’yicha esa  25 nafardan  talabalar qabul qilinadi.

“O’zavtosanoat” AK axborot xizmati 

 

Boshqa yangiliklar

tepaga