logo
Orqaga qaytish

Toshkentda 1-may kuni “Favvoralar sayli” o'tkazilmoqda

01.05.2017

Favvorolar aslida tinchlik va farovonlik simfoniyasini yaratuvchi inshoot xisoblanadi. Amir Temur davrida yaratilgan bog`larda ham o`sha davr me`morchiligi yutuqlaridan foydalangan holda ajoyib va murakkab konstruksiyaga ega favvoralar barpo etilgan. Ularni yaratishda geografik joylashuv, iqlim suv zahirasi va shamol yo`nalishlari ham inobatga olingan. 

Albatta, 21 asrda arxitektura mislsiz rivojlandi. Ayniqsa, favvoralar yaratish sohasida bir qator yangi dizaynlar paydo bo`ldi. Bugun kompyuter texnologiyalaridan foydalanilgan holda qurilgan musiqiy, nur taratuvchi va raqsga tushuvchi favvoralar shaharlarni bezab turibdi. 

So`nggi yillar mobaynida mamlakatimizning turli hududlarida, xususan, azim poytaxt Toshkent shahrida san`at va ijod namunalari bo`lmish favvorolar barpo etilib, yurtdoshlarimizga quvonch bag`Ishlab, nur va dur taratib turibdi. 

Poytaxtimizda joylashgan bir qator favvoralar 1 may favvoralar kunida ish boshlab, shaharga yanada fayz ulashdi. 

Favvoralarning yangi dizayn va imkoniyatlarga ega bo`lib borishi, bu shahar arxitekurasi mukamallashib borayotganidan dalolat. Shu jumladan, bir qancha tematik favvoralar ham qurilmoqda. 

«O`zavtosanoat»  AK binosi hududida joylashgan «g`ildirak»  timsolidagi favvora ham ana shunday ijod namunalaridan biri. Favvora 2015 yilda Mannanova Kamila tomonidan yaratilgan bo`lib, mahalliy avtosanoat rivoji va yorqin kelajagiga ishora, desak yanglishmaymiz.

Undan otilayotgan suv zarralari gi`ldirakning o`qlari misol harakatlanib, markazda tutashadi. Diametri 3,82 metr bo`lgan ushbu inshoot, murakkab texnologiyaga ega. Favvora nafaqat salqinlik, go`zallik va mo`t`adil ob-havo taratib turuvchi qurilma, shu bilan birga o`zbek avtomobilsozligining salohiyati va bardavomligining ramzi hamdir.

«O‘zavtosanoat» AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga