logo
Orqaga qaytish

Toshkentdagi Turin politexnika universitetida “Karyera kuni”

25.05.2016

Toshkentdagi Turin politexnika universitetida allaqachon an'anaga aylangan navbatdagi  karyera kuni o‘tkazildi.  Bunday tadbir universitet bitiruvchilarini yirik ish beruvchilar bilan tanishtirish maqsadida har yili o‘tkaziladi. Unda  korxona va tashkilotlar vakillari  universitet bitiruvchilari bilan  dastlabki  suhbatni o‘tkazishadi va ularni ishga taklif qilishadi.  Bu yilgi tadbirda  «O‘zavtosanoat» AK,  va «General Motors Powertrain-Uzbekistan»,  «UzEraeAlternator», «Uz Hanvoo»,  «Uz Chasys»  qo‘shma korxonalari,  hamda «UzAuto Trailer», «Orient Concept» mas'uliyati cheklangan jamiyatlari, «O‘zenergosozlash», «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» unitar korxonalari  kabi yirik mahalliy tashkilot va birlashmalar vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida ko‘plab bitiruvchilar  o‘zlari  xohlagan tashkilot va korxonalarda  ish faoliyatini boshlashi uchun dastlabki suhbatlardan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga