logo

«UZAUTO TRAILER» MCHJ

Hojiboyev Alisher Abduhakimovich

Manzil: Toshkent shahri, 100007, Mirzo Ulug`bek ko`chasi, 30

Телефон: (71) 202-00-06

Веб-сайт: uzautotrailer.uz

E-mail: info@uzautotrailer.uz

Korxona ustavi.pdf (3 MB)

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 16 fevraldagi “Og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № PQ-1478-sonli qaroriga muvofiq, og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalari uchun osma va tirkamali texnikalarni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihaning 3-chi bosqichini amalga oshirish yakunlandi.

Korxonaning loyihaviy quvvati 3 000 donagacha (2000 dona yarim tirkama va 1000 dona osma texnika), respublika xo‘jaligining turli tarmog‘ini ta'minlash uchun keng qamrovli avtomobil texnikalarini, shu jumladan samosval kuzovi, yarim tirkamalar, konteyner tashuvchilar, tentli kuzovlar, izotermik yarim tirkamalar va furgonlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Og‘ir yuk tashuvchi avtomobillar va maxsus texnikalarni yagona kompleksda ishlab chiqarish konsepsiyasiga muvofiq, iste'molchi-mijozga to‘lig‘icha tayyor texnika yetkazib beriladi, shassi va tyagachlar “MAN Avto Uzbekistan” QK maydonlarida ishlab chiqariladi, shassi ustiga o‘rnatish va tirkama texnikasi esa “UzAuto TRAILER” MCHJ maydonlarida ishlab chiqariladi va yig‘iladi. Ushbu konsepsiya bozor talabiga uddaburonlik bilan yondashishga imkon beradi, maxsus texnika importi uchun valyuta sarf-xarajatini qisqartiradi. Umumiy ishlab chiqarish maydoni 27 ming m2. Bugungi kunda korxonada 311 ta ish o‘rni yaratilgan, keyinchalik 580 taga oshirish imkoniyati mavjud.

Loyihada, ishlab chiqarishning to‘liq siklini qamrab oluvchi: metalloprokatni maydalab tozalash, plazmali va lazerli kesish, bukish, universal qayta sozlash stendlaridagi robotlashtirilgan va avtomatlashtirilgan yig‘ish-payvandlash liniyasi, hamda zamonaviy yuvish-bo‘yoqlash-quritish kameralarida bo‘yoqlash ishlarini olib borish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni konveyerli yig‘ish liniyasi kabi zamonaviy texnologiyalar olib kelib o‘rnatilgan. Bundan tashqari korxona, zamonaviy laboratoriya kompleksi, sinov uchastkasi va listli va profilli metalloprokatlar uchun mexanizatsiyalangan omborxonalar bilan jixozlangan.

“UzAuto TRAILER” MCHJ - bu yuqori malakali xodimlar va, “Messer”, “Mechanic Taucha” (Germaniya), “HRC AG” (Shveysariya), “Ermaksan” (Turkiya), “Stierli-Bieger” (Shvetsiya), “PENTAMAC” (Italiya), “Froius” (Avstriya) va shu kabi dunyoning boshqa ilg‘or ishlab chiqaruvchilarining eng yangi texnologik jihozlari degani.

Texnologiyaga tikilgan loyihaviy qaror, halqaro talab va standartlarga mos keladi, va buni «ROLFO» (Italiya), «SFKTRAILER», «SAF Holland», «Kogel», Schmitz (Germaniya) kabi xorijiy kompaniyalar ham tasdiqladi. Texnologik jixatdan ushbu zavod, O‘rta Osiyoda eng zamonaviy korxonalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib kompaniya tomonidan, samosval kuzovining olti xil turini (8 m3, 13 m3, 15 m3, 16 m3, 18 m3, 20 m3), bortli, izotermik va tentli furgonlar, tentli yarim tirkamalarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, hamda Italiyaning «ROLFO» kompaniyasi bilan imzolangan litsenzion kelishuv asosida, «ROLFO UzAutoTRAILER» brendi ostida refrijeratorli va izotermik yarim tirkamalarni birgalikda ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtda, maxsus idishlar va tankerlar kabi yangi turdagi mahsulotlarni, hamda MAN va ISUZU yuk avtomobillari uchun, maxalliylashtirish mumkin bo‘lgan butlovchi buyumlar ishlab chiqarish va o‘zlashtirishni kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Korxona o‘zining, osma va yarim tirkamali texnikalarning kontruksiyasini keyinchalik ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun ishlab chiqish va modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi, yuqori malakali maxalliy va xorijiy konstruktorlar va texnologlardan tashkil topgan, konstruktorlik-texnologik byurosiga ega. Bundan tashqari konstruktorlik-texnologik byurosi, mashinasozlik tarmog‘ida nostandart texnologik uskunalarni proyektlashtirish (loyihalashtirish) bilan shug‘ullanadi.

 

 Korxonamahsuloti - tirkama va yarim tirkamalar

tepaga