logo
Orqaga qaytish

Ukrainada Ravon R4 sotuvi boshlandi

16.02.2017

Ukrainada  mart oyidan  yangi o‘zbek sedani Ravon R4 sotuvga chiqariladi. Bu haqda Ravon brendining Ukrainadagi rasmiy  dileri «Ukr-UzAvto» xabar tarqatdi.

Ravon R4 - bu   yuqori  talab darajasida jihozlanganligi, narxining hamyonbopligi va  texnik tavsiflari bilan raqobatchi avtomobillar orasida alohida ajralib turadigan B-High sinfidagi avtomobildir. Mazkur avtomobil General Motorsning vaqt sinovidan o‘tgan  texnologiyalarini amaliyotga joriy etgan holda Chevrolet Cobalt bazasida yaratilgan. 

Ravon R4 quvvati 106 ot kuchiga teng 1,5 litr sig‘imli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib u Yevro 5 talablariga to‘liq javob beradi. Avtomobil Ukrainaga ikki modifikatsiyada: 5 bosqichli mexanik va 6 bosqichli avtomat uzatmalar qutisi bilan yetkazib beriladi.  Kompaniya mutaxassislarining fikricha, 5 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan avtomobilning yonilg‘i sarfi  100 km. masofaga shahar ichida 8,4 litrni tashkil etsa,  6 bosqichli avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangani shunga mos tarzda xuddi shu masofaga 10,4 litr yonilg‘i sarflaydi.

                                                            “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati    

 

Boshqa yangiliklar

tepaga