logo

“UzDong-Ju Paint” QK

Zulunov Zafar Ahmedovich

Manzil: Andijon shaxri, Xarkop p. 1-tor ayrilish ko’chasi , 4,  170108

Telefon: (74) 298-03-00

Veb-sayt: uzdongju.uz

E-mail: info@uzdongju.uz

Korxona ustavi.pdf(5.12 MB)

Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston—Koreya qo‘shma korxonalari tashkil etish to‘g‘risida

 

Qo’shma korxona Koreyaning “DongJu Industrial Co., Ltd.” va O’zbekistonning “O’zavtosanoat” AK kompaniyalari o’rtasida tuzilgan shartnoma va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yildagi 191-sonli qaroriga asosan tashkil etildi. 1999-yil 3-aprelda korxonaning rasmiy ochilishi bo’lib o’tdi.                                                                                                                                                                                                         

«Uz-DongJu Paint Co» QK ning maqsadi quyidagilarni ta’minlab berishdan iborat:

- O’zbekiston avtomobil sanoatiga lok va bo’yoq materiallari yetkazib berish.

- O’zbekiston lok va bo’yoq bozoriga qurilish va sanoat bo’yoq mahsulotlarini yetkazib berish.

 

Hozirgi vaqtda korxonada avtomobil va qurilish sanoati uchun lok va bo’yoqlar, avtomobil uchun germetiklar, avtomobil kuzovini dastlabki ishlovi uchun himikatlar, jipslovchi rezinalar hamda sport poyabzallari ishlab chiqarish bo’yicha tsehlar ishlab kelmoqda. Bugungi kunda zavodning umumiy maydoni 56 104,6m2 ni tashkil qiladi.

2011 yildan boshlab Matiz, Nexia, Spark va Lacetti mashina modellari uchun “GM-Uzbekistan”ga rezina jipslovchi qismlarni yetkazib berilish yo’lga qo’yildi.

 

Yuqori sifatli hom-ashyolarni ishlatish, koreya ishlab chiqarish tehnologiyasi va hodimlarni mohirligi yoqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

Bundan tashqari, diversifikatsiyalash maqsadida, sport poyabzallari ishlab chiqarish rejalishtirilgan. Sport poyabzallari ishlab chiqarish tsehi 2016 yil yanvar oyidan o’z faoliyatini boshladi. Tsehda bolalar, ayollar va erkaklar, sport va sog’lom turmush tarzi ishqibozlari uchun poyabzallar ishlab chiqariladi. Ushbu poyabzallar juda ham qulay va haridorlarning narx va sifat talablariga to’la javob beradi.

 

Korxona mahsulotlari: sanoat va qurilish bo'yoqlari, avtomobil bo'yoqlar, avtomobillar uchun germetiklar, avtomobil kuzovini dastlabki ishlovi uchun himikatlar, metal bochkalar va jipslovchi rezinalar hamda sport poyabzallari.

tepaga