logo

“UzSungwoo” QK

 Mo`minjonov Shoxrux Iminovich

Manzil: Farg'ona sh., 150118, Aeroport ko'chasi, 68 uy

Telefon: (95) 404-17-90; (95) 404-09-70

Veb-sayt: uzsungwoo.uz

E-mail: info@uzsungwoo.uz

Kompaniya nizomi.pdf (1 MB)

 

QK MCHJ «UZSUNGWOO» -Yuqori tehnologiyalar bilan jihozlangan YoAJ “GMUzbekistan”da ishlab chiqarilayotgan yangi yengil avtomobillar uchun qoliblash va payvandlash detallarini ishlab chiqarishga mutahasislashtirilgan tashkilotdir.

“UzSungwoo” qo’shma korxonasi 2011 yil aprelda tashkil etilgan. Zavod Farg’ona Mehanika Zavodi hududida qurilgan bo’lib, umumiy maydoni 60500 kv. metrni, bundan ishlab chiqarish maydoni 11 117 kv.metrni tashkil qiladi. Loyiha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №113 14.04.2011 y. Qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Korxonada 475 kishilik ish o’rni mavjud va Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan to’liq jihozlangan.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi yiliga – 120 ming komplekt qoliblash va payvandlash detallari, yani 183 nomga ega bo’lgan qismlar yig’indisidan iborat.

Korxona mahsuloti - Yirik va o’rta payvandlangan shtampli qismlar.

tepaga