logo
Orqaga qaytish

X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi

27.09.2016

2016 yil 24-31 oktyabr kunlari Toshkent shahar "O'zekspomarkaz" AJ ko'rgazma zallarida X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi bo'lib o'tadi.

Har yili bo'lib o'tadigan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, bugungi kunda O'zbekistonning eng yirik sanoat forumi hisoblanadi. Forum ishtirokchilari nafaqat o'z mahsulotlarini namoyish qilish, balki turli xil sohalarda erishilgan yangiliklar, texnik yutuqlar bilan tanishish, ishlab chiqarilgan materiallar va butlovchi qismlarga bo'lgan yaqin kelajakdagi ehtiyojni aniqlash uchun yaxshi imkoniyatga ega bo’ladilar.

Bu yilgi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida "O'zavtosanoat" AK tarkibidagi 33 ta korxonalar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ko'rgazmada qariyb 270 turdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar va 640 turdagi ishlab chiqarishni o'zlashtirish uchun taklif etilayotgan import mahsulotlari taqdim etiladi.

Barchani X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasiga, "O'zavtosanoat" AK korxonalari ekspozitsiyalari bilan tanishish,  biznes aloqalarini o'rnatish va ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xom ashyo yetkazib berish yoki sotib olish uchun shartnomalar tuzish uchun taklif etamiz.

“O‘zavtosanoat “AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga