logo

Xorijiy sarmoyadorlar DIQQATIGA!

26.02.2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” №PQ-2454 sonli qarori bilan kiritilgan tartibga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi xorijiy sarmoyadorlarning ulushi 15 %dan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil qilishi zarurligi belgilab qo‘yildi.

Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining viloyatlari markazlarida joylashgan (“Avtotexxizmat”) aksiyadorlik jamiyatlarida, aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining 15%dan kam bo‘lmagan ulush miqdoridagi aksiyalar sotuvi e'lon qilinmoqda.

Shu bilan birga xorijiy sarmoyadorlar servis xizmatlari ko‘rsatish va avtomobillar ta'mirlash ishlarini takomillashtirishda ishtirok etishlari, hamda texnologik jihozlarni texnik yangilash va zamonaviylashtirishga, aholiga xizmat ko‘rsatish darajasini va sifatini oshirishga ko‘maklashishlari shart (majbur).

Qiziqish bildirgan sarmoyadorlarning quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz: (0-371) 232-34-56, (0-371) 232-34-13.

                                                                     

“O’zavtosanoat” AK axborot xizmati

tepaga