logo
Orqaga qaytish

YOZGI TA'TIL MAROQLI O‘TMOQDA

18.07.2016

 “O‘zavtosanoat” AK  bir necha yillardan buyon Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Sokol” bolalar dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohiga  turli homiylik yordamini ko‘rsatib keladi. Ushbu zamonaviy  oromgohda poytaxtimizdagi 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarning bir necha guruhlarga bo‘lingan holda hordiq chiqarishi yaxshi an'anaga aylangan.  Bu yilgi  ta'til mavsumini ham bolajonlar bu yerda  maroqli o‘tkazishmoqda. Bolajonlarga yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishish maqsadida oromgohda bo‘lganimizda 800 nafardan ortiq kichkintoylardan iborat  uchinchi guruh  miriqib dam olayotgan edi.

Bu yerda har bir kuni ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlaridan boshlanadigan o‘g‘il-qizlar kun davomida besh marotaba vitaminlarga boy taomlar bilan tamaddi qilishlari uchun  barcha sharoitlar muhayyo. Oromgohda tashkil etilgan shahmat, shashka, mohir qo’llar, rassomchilik kabi o’ndan ortiq to’garaklar bolajonlarning yozgi ta’tilni maroqli o’tkazishlarida  muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

 

Boshqa yangiliklar

tepaga