logo
Orqaga qaytish

YURTIMIZ AVTOMOBIL SANOATI ISTIQLOL YILLARIDA

29.08.2016

Yurtimiz mustaqilligining 25 yillik shodiyonalari arafasida o‘tgan yillar davomida turli sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar beixtiyor har bir yurtdoshimizning ko‘z o‘ngida gavdalanadi.  Bugungi ozod va obod yurtda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga bevosita istiqlol sharofati tufayli  erishilayotgani turli idora va tashkilotlarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda  ta'kidlanmoqda. Toshkent politexnika muzeyida o‘tkazilgan tadbir ham yurtimiz avtomobil sanoati, sohaning rivojlanishida mamlakatimiz mustaqilligining tutgan o‘rniga bag‘ishlandi. Tadbirda ta'kidlanganidek, aynan mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin yurtimizda avtomobil sanoati tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning  1992 yil  Janubiy Koreya Respublikasiga tashrifi chog‘ida esa  Asaka shahrida  avtomobil zavodi qurish to‘g‘risidagi hujjatlar imzolandi. Bugun mamlakatimiz avtomobil sanoati - bu  respublikamizdagi eng tezkor sur'atlarda rivojlanayotgan tarmoqlardan  biri  bo‘lib  yurtimizning  iqtisodiy salohiyatining ramzi hisoblanadi. Ayni paytda “O‘zavtosanoat” AK tarkibida yirik “GM Uzbekistan” AJ, “JV MAN AUTO Uzbekistan” MCHJ va Samarqand avtomobil zavodlari bilan birga ularga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi  35 dan ortiq qo‘shma  korxonalar  faoliyat yuritmoqda. Tardir davomida ishtirokchilar muzeydagi yurtimiz avtomobilsozlik sanoatining rivojlanish bosqichlarini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiyalar bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati  

Boshqa yangiliklar

tepaga