logo
Orqaga qaytish

Yangi korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi

24.06.2016

Toshkentda  parmalash, rezba chiqarish, frezerlash, shuningdek umumiy ishlov berish uchun uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi «Guhring KG»  kompaniyasining sho‘'ba korxonasi hisoblangan «Guhring» MCHJ xorij korxonasining ochilish marosimi o‘tkazildi. Kompaniya ishlatilgan uskunalarni kelgusida foydalanish uchun  ta'mirlash ishlarini amalga oshiradi. 

O‘zbekiston Respublikasi dunyoning turli davlatlaridan investorlarni jalb etish,  ularga yetarlicha sharoitlar yaratib berish hamda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo hududidagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. «Guhring» kompaniyasining mamlakatimizda faoliyatini boshlashga bo‘lgan qiziqishi hamda  uskunalrni qayta tiklash markazini ochishi  fikrimizning dalilidir.  Mazkur markaz nafaqat O‘zbekiston bozoriga balki Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikistonga ham o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda  «GM Uzbekistan» AJ, «JV MAN Auto-Uzbekistan» va «GM Powertrain Uzbekistan»  qo‘shma korxonalari kompaniyaning asosiy buyurtmachilari hisoblanadi.

                                                                      “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga