logo
Orqaga qaytish

Yangilangan “Nexia” rusumining sotuvi boshlandi

15.08.2016

Yurtimizda yangilangan Nexia avtomobilini sotish boshlandi.  «Driver’s Village» MCHJ dilerlik markazida sotilgan mazkur rusumdagi dastlabki avtomobillarning kalitlari  baxtli xaridorlarga tantanali ruhda topshirildi. Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning may oyida yangi modifikatsiyadagi ushbu avtomobilning taqdimoti o‘tkazilgan edi. T250 bazasida yaratilgan «B» sinfidagi sedan barcha yurtdoshlarimizning ko‘nglidan birdek chuqur joy olgan eski Nexia avtomobilining  o‘rniga ishlab chiqarilmoqda.

Avtohavaskorlarning ishonchini to‘la oqlagan Nexianing yangi avlodi  eng zamonaviy  talablar  bo‘yicha yaratilgan. U  qulaylik, va xavfsizlikning yangi   darajasi  va texnologik jihatdan zamonaviyligi bilan xarakterlanadi.

Bezaklar uchun ishlatilgan materiallar, texnik xarakteristikasi va funksiyaviy jihozolanishi a'lo darajada.  Bundan tashqari,  yangi sedanda o‘tmishdoshining narx va sifat jihatdan  uyg‘unligi  kabi  o‘ziga xos jihatlari ham saqlab qolingan.

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga