logo
Orqaga qaytish

Yetakchi kompaniyalar vakillari «GM Powertrain-Uzbekistan» zavodiga tashrif buyurdi

18.03.2016

O‘zbekistondagi eng yetakchi kompaniyalarning 30 nafar vakili «GM Powertrain-Uzbekistan» zavodiga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakatdagi yetakchi kompaniyalar vakillarining zavodga tashrif buyurishiga doir so‘rovnomasiga javoban amalga oshirildi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa kompaniyalar vakillarining zavoddagi korporativ boshqarish amaliyoti bo‘yicha yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta'minlash va o‘zaro tajriba almashishdan iborat edi.

«GM Powertrain-Uzbekistan» rahbariyati tomonidan ishtirokchilar uchun biznes-loyihalashtirish va ishlab chiqarishning global tizimi, iqtidorlarni  boshqarish,  korporativ faoliyat bo‘yicha  taqdimotlar o‘tkazildi.

Tashrif so‘ngida «GM Uzbekistan Operations» boshqaruvi raisi va prezidenti Xektor Villarreal  kompaniya vakillariga  o‘z minnatdorchiligini bildirar ekan,  O‘zbekiston xalqining turmush darajasini oshirish va iqtisodiy o‘sishni ta'minlash maqsadida amaliyotga joriy etilayotgan davlat islohotlarini  qo‘llab-quvvatlash va bunda O‘zbekiston hukumati bilan hamkor bo‘lish «GM» uchun sharaf ekanligini ta'kidladi.

“O’zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga