logo
Orqaga qaytish

Yosh kashfiyotchilarning yangi ixtirolari

18.01.2017

Toshkent politexnika muzeyida 17-yanvar-Yosh kashfiyotchilar kuni  nishonlandi. Mazkur tadbir texnik ijodiyotga   qiziqishi kuchli  yoshlarni rag‘batlantirish va  iqtidorli yoshlarga jamoat e'tiborini qaratishga yo‘naltirilgan. Bunday tadbirlar o‘z o‘rnida yosh kashfiyotchilarga tanlagan sohalarining kelajagi porloq ekanligi hamda ularning har bir ixtirosiga  nafaqat jamoatchilik balki, hukumat darajasida ham qiziqish  katta ekanligini ko‘rsatadi.  Bu esa ularning o‘z ixtirolarini yanada rivojlantirishda, bu borada yangidan yangi izlanishlar olib borishlarida muhim ahamiyatga ega.  O‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yosh iqtidor egalariga yana bir bor o‘zlarini namoyon etishlariga hamda  kelgusida mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida  ham o‘z izlanishlarini olib borishlarida dastlabki qadam hisoblanadi.

                                                           “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati 

 

Boshqa yangiliklar

tepaga