logo

Yuridik boshqarmasi

Rahbar: Gafarov Sanjar Irikovich

Telefon raqami: 140-76-50 3-2250#

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi,13

 

Boshqarmaning maqsad va vazifalari

1. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) Kompaniya, uning strukturaviy bo‘linmalari, mansabdor shaxslari faoliyatining qonuniyligini ta'minlashda ishtirok etish;

b) Kompaniya, uning strukturaviy bo‘linmalari ishchilarining huquqiy savodxonligini oshirishda ishtirok etish;

v) Kompaniya, uning strukturaviy bo‘linmalari mulklarining butunligini huquqiy vositalar bilan ta'minlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;

g) Kompaniyaning shartnomaviy-huquqiy va shikoyat-da'vo ishlarini olib borish ishlarida qatnashish;

d) Sud va boshqa idoralarda Kompaniyaning mol-mulki va boshqa manfaatlarini himoya qilish;


2. Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

1) Huquqiy savodxonlikni oshirish va qonuniylikni ta'minlash sohasida:

a) Kompaniya rahbariyatiga taqdim etiladigan buyruqlar loyihasini, topshiriq va boshqa huquqiy xarakterga ega hujjatlarni, qonunchilikka mosligi yuzasidan tekshiradi, tanbeh va takliflar bo‘lmasa ularni vizalaydi. Kompaniya (ishchilari), uning boshqa strukturaviy bo‘linmalari hujjat loyihalarini ko‘rib chiqqandan keyin, hujjat loyihalari boshqarma tomonidan vizalanadi.

b) Qonunbuzilishini ogohlantirish va bartaraf etish bo‘yicha Kompaniya va uning strukturaviy bo‘linmalariga takliflar kiritadi;

v) Kompaniyada mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta'minlanishida, shu bilan bir qatorda mehnat huquq munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniy hujjatlar (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy kelishuv va boshqalar) ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihasi qonunchilikka mosligini tekshiradi va yuridik xulosalar beradi;

g) Vakolatni amalga oshirish topshirilganda professional (kasbiy) uyushmalar va Kompaniya ishchilarining boshqa vakillik organlariga yuridik ko‘mak beradi;

d) Kompaniya va uning strukturaviy bo‘linmalari ishchilarining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish taklifini kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda qatnashadi.

ye) Kompaniya ishchilari murojaatlariga binoan, tashkilot faoliyatiga taalluqli huquqiy (qonuniy) hujjatlar qidirishda ko‘maklashadi, zarur holatda ularning vaziyatiga aniqliklar kiritadi;

2) Mol-mulk butunligini himoyalashning qonuniy vositalarini(choralarini) ta'minlash sohasida:

a) Mol-mulkni himoyalash masalalari bo‘yicha qonuniy xarakterga ega hujjatlar loyihasining qonunchilikka mosligini  tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

b) Boshqa strukturaviy bo‘linmalar bilan hamkorlikda mol-mulk talon- tarojligi vaziyati va sababini tahlil qiladi, Kompaniyada kamomad va noan'anaviy xarajatlar kelib chiqqanda va ularning bartaraf qilinishi bo‘yicha choralar ko‘radi, kamomad va mol-mulk talon-tarojligi holati bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilish uchun rasmiylashtiradi;

v) Moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihasiga hamda qonun buzilishlari va suiste'mol qilish holatlari aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va inventarizatsiya o‘tkazish aktlariga yuridik xulosalar beradi;

3) Shartnomaviy-huquqiy, shikoyat-da'vo ishlari va qonuniy himoya sohasida;

a) Boshqa bo‘linmalar bilan hamkorlikda shartnomalar tayyorlash va imzolash bo‘yicha Kompaniya ishlarida qatnashadi, qonunchilikka mosligini tekshiradi tanbeh va takliflar bo‘lmasa shartnoma loyihasini vizalaydi. Kompaniya (ishchilari), uning boshqa vakolatli strukturaviy bo‘linmalari hujjat loyihalarini ko‘rib chiqqandan keyin, hujjat loyihalari boshqarma tomonidan vizalanadi;

b) Qonun tomonidan belgilangan, eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan yuqori bo‘lgan miqdordagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi to‘g‘risida yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi;

v) Shartnomalarni imzolash, bajarish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilishning belgilangan tartibiga amal qilishni nazorat qiladi, Kompaniya tomonidan imzolangan shartnomalarning tegishli tarzda bajarilishi bo‘yicha taklif kiritadi;

g) Kompaniyaga qo‘yilgan da'vo (shikoyat)ni ko‘rib chiqishda va Kompaniya manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha da'vo (shikoyat)larni tayyorlashda qatnashadi, Kompaniyada da'vo(shikoyat) qilish va da'vo(shikoyat)ni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

d) Tegishli bo‘linmalar bilan hamkorlikda Kompaniyaning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini o‘rganadi, ularni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi;

ye) Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar bo‘yicha da'vo ishlarini olib boradi;

j) Kompaniyaning mulkiy va boshqa manfaatlarining qonuniy himoyasi uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda va o‘rnatilgan tartibda sud majlislarida qatnashadi;

4) Boshqa sohalarda;

a) Strukturaviy bo‘linmalarning huquqiy ishlariga metodik ko‘maklashadi, Boshqarma faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar ishlab chiqadi;

b) Normativ-huquqiy aktlarning saqlanishini va nazorat holatida bo‘lishini ta'minlaydi, Kompaniya rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish taklifini kiritadi;

v) Qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

 

Yuridik boshqarmasi.pdf (486 KB)

tepaga