logo
12.12.2016

«O‘zavtosanoat» AK uchun  ma'lumotlar tarqalishidan himoyani ta'minlash tizimi  bo‘yicha  axborotlarni o‘rganishga so‘rovnoma (RFI)*

 

«O‘zavtosanoat» AK (DLP) ma'lumotlar tarqalishidan himoyalanishni ta'minlash tizimi bo‘yicha axborot-so‘rovnoma o‘tkazmoqda.


Axborot-so‘rovnomaning maqsadi:

  • Shu kabi shartnomalar doirasida faoliyat turlarini amalga oshirish uchun tegishli  sertifikat va litsenziyalarga ega bo‘lgan yirik yetkazib beruvchilarni aniqlash;
  • Shunga o‘xshash shartnomalarni amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachilarning xulosalari, tegishli sertifikatga ega mutaxassislarning mavjudligi, bu kabi shartnomalarni  bajarish tajribasi; 
  • Tizimning byudjet qiymatini baholashni o‘tkazish; 
  • Zamonaviy tendensiyalar va eng yaxshi tajribani ko‘rsatish; 
  • DLP tizimning umumiy va maxsus  tavsiflarini aniqlash;

Mazkur so‘rovnoma bo‘yicha takliflar hamda unga qilingan ilovalarni  2016 yilning 26 dekabridan kechiktirilmagan muddatda ICT@uzavtosanoat.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

Buyurtmachi tomonidan bog‘lanish mumkin bo‘lgan shaxs: Shiriyev A.A., 140-76-52

  ____________________________________________

*Mazkur so‘rovnoma sotib olish jarayonlarida ishtirok etish uchun taklifnoma hisoblanmaydi hamda sotib olish jarayonlarida ishtirok etish kafolatini bermaydi. Shuningdek «O‘zavtosanoat» AK  uchun hech qanday majburiyatlar paydo bo‘lishiga olib kelmaydi. 

 «O’zavtosanoat» AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga