logo

Savol-javob

test

Savol berdi:Azizov Sardor Shavkatovich
  1. Mamlakatimizda qancha avtosalonlar bor va ularning joylashgan manzillari haqida ma'lumot bersangiz?
Javob:"O'zavtosanoat" AK matbuot xizmati

Mamlakatimiz hududida “GM Uzbekistan” avtomobil zavodining  70 ga yaqin dilerlik punktlari  va texnik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritmoqda. Ulardan 13 tasi mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida faoliyat yuritsa,  qolganlari yurtimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan.

Savol berdi:Gulamov Shuhrat Pulatovich
  1.         Yurtimizda avtomobilsozlikka ixtisoslashgan  qanday korxonalar bor va ular asosan avtomobilning qaysi qismlarini ishlab chiqaradi? 
Javob:"O'zavtosanoat" AK matbuot xizmati

Avtomobillarimiz sifat va narx uyg‘unligini o‘zida mujassam etgani uchun qischqa muddatda ommabop avtomobillarga aylandi. Bunda esa  avtomobil butlovchi qismlarining  Mahalliylashtirish Dasturiga ko‘ra o‘zimizda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bugungi kunda “O‘zavtosanoat” AK tizimida 40 dan ortiq qo‘shma korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib ular, Asaka avtomobil zavodi uchun zarur bo‘lgan  butlovchi qismlarning 50 foizdan ortig‘ini ishlab chiqaradi. Ushbu korxonalarning aksariyati Farg‘ona viloyatida joylashgan. 

Savolni berish

tepaga