logo

Savol-javob

test

Savol berdi:Saydullaev Bobur

“Cobalt”rusumidagi yangi avtomobillar chiqarila boshlagach, “Neksiya” avtomobillari ishlab chiqarilishi to‘xtatilmaydimi?

Javob:"O'zavtosanoat" AK matbuot xizmati

“GM Uzbekistan” YOAJ mahsuloti  hisoblangan  “Neksiya” va “Kobalt” rusumidagi avtomobillar kelgusida ham ishlab chiqariladi. Chunki  har ikkala rusumdagi avtomobil jumladan;  nafaqat yurtdoshlarimiz balki, xorijlik avtoishqibozlarning ishonchini to‘la oqlagan “Neksiya”  avtomobili hamda yaqindan boshlab ishlab chiqarilayotganiga qaramay  aksariyat insonlarning qiziqishi va e'tiborini o‘ziga qarata olgan “Kobalt” avtomobili ham    o‘z sinflari bo‘yicha eng xaridorgir avtomobillardan hisoblanadi.  

Savol berdi:Sirojiddin Akramov

O‘zbek avtomobil sozlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan  yengil va yuk avtomobillari xalqaro avtoko‘rgazmalarida ham qatnashadimi?

Javob::"O'ZAVTOSANOAT" AK MATBUOT XIZMATI

Dunyodagi boshqa avto ishlab chiqaruvchi kompaniyalar kabi yurtimizdagi yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham  har yili jahon miqyosida o‘tkaziladigan avtomobilsozlikka oid ko‘plab turli ko‘rgazmalar va forumlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o‘zbek avtomobilsozlik kompaniyasining ko‘rgazmaga qo‘yilgan mahsulotlari tadbir ishtirokchilarining, ayniqsa, jurnalistlarning e'tiborini o‘ziga tortib kelgan.  Yaqinda  Moskva xalqaro avtosalonida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada ham o‘z avtomobillarimiz ishtirok etgani fikrimizning dalilidir.

Savolni berish

tepaga