logo

Auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo’yicha tanlov

27.01.2017

“O’zavtosanoat” AK O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2015 yil 28-iyuldagi “Davlat ulushi bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish” to’g’risidagi qaroriga muvofiq kompaniya faoliyati ixtisoslashuvi va rivojlanish strategiyasi, tarmoqqa taalluqliligidan kelib chiqqan holda 2016 yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha bo’lgan muddatda asosiy samaradorlik ko’rsatkichi va ularning bajarilish foizini tekshirish uchun auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo’yicha tanlov o’tkazadi.

 Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan auditorlik tashkilotlaridan quyidagilarni taqdim etishlarini so’raymiz:

- Auditorlik tashkiloti to’g’risida qisqacha ma’lumot (tashkil etilgan va auditorlik xizmatini ko’rsatish uchun litsenziya olgan vaqti, oxirgi hisobot yilidagi asosiy mijozlari, kompaniyaga audit tekshiruvini o’tkazish uchun tavsiya etiladigan auditorlar haqida ma’lumot, telefon raqami, electron pochta manzili, veb-sayti va bog’lanuvchi shaxs);

- Auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish uchun litsenziya nusxasi;

 -Tekshiruvda ishtirok etuvchi auditorlarning malakasi to’g’risidagi sertifikatlar nusxasi;

-Tekshiruvda ishtirok etuvchi mutaxassis to’g’risida ma’lumot, xizmat doirasida foydalanish uchun hujjatlar bilan ishlashga ruxsatnoma (agar bor bo’lsa)

-O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulk qo’mitasi tomonidan aniqlangan auditorlik tashkilotlari ro’yxatiga kirganligini tasdiqlovchi ma’lumot;

-50 mln. so’mdan kam bo’lmagan miqdordagi sug’urta polisi nusxasi;

- Kompaniyaning moliyaviy hisoboti audit tekshiruvi narxi, audit tekshiruvini o’tkazishning ko’zda tutilgan grafigi, bajarilgan ish uchun hisob-kitob tartibi bo’yicha tijoriy taklif

 -Auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun shartnoma loyihasi

Auditorlik xizmatining narxi bo’yicha tijoriy takliflar maxsus shtamplangan konvertlarda 2017 yilning 20 fevraliga qadar Toshkent shahri A/Temur ko’chasi 13 uy manziliga yuborilishi  shart.

Ma’lumot uchun telefon: 232-34-13

tepaga