logo

Azimov Qobil Odilovich Biografiyasi va vazifalari

1977 yili Namangan shahrida tug'ilgan.

Millati - o'zbek.

Ma'lumoti oliy.

2001 yil Jahon Iqtisodi va diplomatiya universitetini Xalqaro iqtisod va xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo’yicha tugatgan.

2006 yil Namangan Davlat universitetini huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha tugatgan.

2011 yil London moliya va biznes maktabi - LSBF (Buyuk Britaniya) da hisobchi va auditorlik bo’yicha tugatgan.

2001-2004 y. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Toshkent shahar Bosh boshkarmasi yetakchi mutaxassisi.

2004-2007 y. - O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining loyihalarni moliyalashtirish markazi xalqaro kreditlar bo‘limi  boshlig‘i.

2011-2013 y. - «GM Uzbekistan»  AJ ichki audit xizmati boshlig‘i.

2013-2014 y. - «UzChasis» MCHJ qo‘shma korxonasida bosh direktor o‘rinbosari.

2014-2015 y. - «UzChasis» MCHJ qo‘shma korxonasi bosh direktori.

2015 yildan- «O‘zavtosanoat» AK raisi o‘rinbosari.

Oilali.

 

Azimov Qobil Odilovich - Boshqaruv raisi o'rinbosari

Nazoratga olinadigan masalalar:

  • Bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va rivojlantirish,  hududiy va xalqaro kooperatsiyani mustahkamlash;
  • Kompaniya va tarmoq korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Tarmoq doirasida yangi loyihalarni yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yangi ishlanmalar bo‘yicha ularning ishini muvofiqlashtirish;
  • Korxonalarda yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;
  • Mavjud asosiy jamg‘armalardan samarali foydalangan holda kompaniya doirasida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga asoslangan yagona investitsiya siyosatini o‘tkazish, tarmoq korxonalarida qayta texnik jihozlash va qurilish strategiyasini aniqlash;
  • Davlat miqyosida avtomobilsozlik mahsulotlari ishlabchiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yangi quvvatlarni yaratishga yo‘naltirilgan investitsiya dasturlarini amalga oshirish.
tepaga