logo

Damasning texnik tasnifi


Damas
 - quvvati 38 ot kuchiga teng 0,8 litr hajmli dvigatel bilan jihozlangan, besh eshikli tijoriy avtomobil. Avtomobil ikki modifikatsiyada ishlab chiqariladi. Yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan modifikatsiyada o‘rindiqlar (2+3+3) ko‘rinishida uch qator qilib joylashtirilgan. Yuk tashish uchun mo‘ljallangan modifikatsiyasi esa ikki o‘rindiq va 560 kg yukni ko‘tarishga mo‘ljallangan furgon bilan jihozlangan. Orqa g‘ildiraklari ildamlovchi bo‘lgan ushbu avtomobilning  eng yuqori tezligi 160 km/s. Yonilg‘i sarfiga to‘xtaladigan bo‘lsak, avtomobil soatiga 90 km/s tezlikda harakatlanganda 100 km.ga 7,8 l yonilg‘i sarflaydi. Avtomobil oilaviy yoki tijoriy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Shahar ichidagi  serqatnov ko‘chalarda yuklarni avtomobilga ortish ularni kerakli manzilga yetkazish yoki turli joylarga tarqatib chiqish uchun bundanda qulay avtomobilni topolmasligingiz aniq.

Narxi: 33 463 040 so`mdan boshlanadi.

Batafsil ma`lumot

 

tepaga