logo

Yusupov Rustam Farxodovich biografiyasi va vazifalari

1973 yili Toshkent shahrida tug'ilgan.

Millati- o'zbek.

Ma'lumoti oliy.

1995 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo'yicha tugatgan.

1999 yilda O'zbekiston Respublikasi Bank – Moliya akademiyasini tugatib, bank ishi bo'yicha magistr darajasini qo'lga kiritgan.

1995-1997 yillarda «Toshkent» Agroqurilish tijorat bankida turli lavozimlarda ishlagan.

1997 yildan-2003 yilgacha «Asaka» bank tizimida turli rahbar lavozimlarida ishlagan.

2003-2004 yillarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorij investitsiyalari Departamentida etakchi mutaxassis.

2004 yildan - 2005 yilgacha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi tashqi aloqalar bo'yicha axborot-tahlil Departamentida etakchi mutaxassis 2005-2011 yillarda «Asaka» bank boshlig'i o'rinbosari, Bankning korxonalarni boshqarish Departamenti boshlig'i, Aktivlarni boshqarish qo'mitasi a'zosi, Kredit qo'mitasi a'zosi, Bank boshqaruvi a'zosi, Moliya, tahlil va strategik rivojlantirish Departamenti boshlig'i, Axborot tahlil va marketing tadqiqotlari Departamenti boshlig'i; 2011-2013 yillar oralig'ida esa «O'zavtosanoat-lizing» MChJ lizing kompaniyasi direktori va direktor o'rinbosari.

2013 yil sentyabridan «O'zavtosanoat» AK rais o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Oilali, uch farzandning otasi.

 

Yusupov Rustam Farxodovich – Boshqaruv raisi o'rinbosari

Nazoratga olinadigan masalalar:

  • Kompaniya tizimidagi korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini nazorat qilish;
  • Kompaniya va unga qarashli korxonalarda ish samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar tayyorlash, kompaniya va unga qarashli korxonalarning iqtisodiy tahlilini o'tkazish, yangi ko'rinishdagi iqtisodiy ish uslublarini topish va amliyotga joriy etish;
  • Tarmoqdagi iqtisodiy islohotlar faoliyat yuritayotgan korxonalarning rivojlanishini iqtisodiy tahlil qilish;
  • Tashkil etiladigan ishlab chiqish korxonalarining iqtisodiy tahlili va texnik iqtisodiy asosini tuzish;
  • Xalq iste'moli mollari va pullik xizmatlar, yillik va kelgusidagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda joriy ishlanmalarni tashkil etish;
  • Moliyaviy va statistik hisobotlarni muntazam tayyorlash;
  • Xorijiy sarmoyadorlar ishtirokidagi yangi ishlab chiqarish korxonalarini kreditlash va moliyaviy ta'minlash;
  • Tarmoqdagi korxonalarning bir-biriga o'zaro butlovchi qismlarni etkazib berish imkoniyatini o'rganish va muvofiqlashtirish;
  • Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalarda kapital qurilish bo'yicha islohotlarni amalga oshirish va ularni kompleks o'rganishni tizimli tashkil etish.


tepaga