logo

Mahalliylashtirish korxonalari

O’zbek avtomobillari “narx/sifat” ning optimal nisbati tufayli tezda ommabop bo’lishga erishdi. Bunga asosan, butlovchi qismlarni ishlab chiqarishning yuqori darajadagi mahalliylashganligi sababli erishildi. Mahalliylashtirish korxonalarining katta qismi Farg’ona vodiysida, «UzAuto Motors» AJ yaqinida joylashgan. Ularning ishlab chiqarish maydonlarida, yengil avtomobillar va tijorat transportlari yig’ish uchun zarur ehtiyot qismlarining 50%i ishlab chiqaradi.

“O’zavtosanoat” AJda investitsion loyihalari, modernizatsiya dasturlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni  texnik va texnologik tarafdan takomillashtirish, “Navoiy” Erkin industrial-iqtisodiy zonasini barpo etish dasturi, Qo’qonning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish, Namangan va Farg’ona viloyatlarida avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha qat’iy monitoring o’rnatilgan.

Barcha amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazorat ostida bo’lib, ular Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiqlashtirilgan. Nazoratchi javobgar ishchi guruh o’z yig’ilishlarida yurtimiz avtosanoati sohasida rejalashtirilgan vazifalarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, kamchiliklarning bartaraf etilishini, davlat qarorlari yuzasidan kompleks ravishda olib borilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muntazam kuzatib boradi.

O`zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Davlat dasturidan ko`zlangan asosiy maqsad tayyor mahsulot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishda mahalliy xomashyo ulushini oshirishdan iboratdir.

 

tepaga