1992 yil noyabr – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zDEUavto” qo’shma korxonasini tashkil etish to’g’risidagi” qarori chiqdi.
1994 yil may – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O’zavtosanoat” O’zbek avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1995 yil may – “Uz-Koram Ko” QK (bamferlar, priborlar paneli ishlab chiqarish) va “Uz-TongXong Ko” QK (avtomobil o’rindiqlari ishlab chiqarish) tashkil etildi.
1996 yil may – “UzDongJuPaintKo” (avtoemallar, germetika, sanoat bo’yoqlari ishlab chiqarish) QK tashkil etildi.
1996 yil may – “SamKochavto” QK ni tashkil etish bo’yicha kelishuv imzolandi.
1996 yil sentabr – “O’zavtotexxizmat” OAJ ichki savdo tarmog’i yaratildi.
1996 yil iyun – “Uz-DongYang Ko” QK (avtomobil salonining ichki qoplamalarini ishlab chiqarish) tashkil topdi.
1996 yil dekabr – “Uz-DongVon Ko” QK (glushitellar, tutun quvirlari, zarbga qarshi balkalar ishlab chiqarish) va (yoqilg’i baklari ishlab chiqaruvchi) “Uz-SeMyung” QKga asos solindi.
1997 yil fevral – “O’zavtosanoat” Assotsiatsiyasining chet el savdo tarmog’ini yaratish boshlandi.
1997 yil may – Minskdagi xalqaro avtomobil ko’rgazmasidagi ishtirok.
1997 yil oktabr – Sibirda o’tkaziladigan “O’zi ishlab chiqargan zamonaviy avtomobillarni Sibir bozorida ommalashtirish” yarmarkasining oltin medali sovrindori.
1998 yil may – Parijda o’tkazilgan Xalqaro Avtotransport ishlab chiqaruvchilari bosh assambleyada “O’zavtosanoat” OICAning to’laqonli a’zosiga aylandi.
1998 yil oktabr – “Avtooyna” OAJ (avtomobil oynalarini ishlab chiqarish) tashkil topdi.
1998 yil dekabr – (yengil avtomobillar, yuk mashinalari va traktorlar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi) “UzEksayd” QKga asos solindi.
1999 yil mart – “SamKochavto” QKning rasmiy taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.
1999 yil oktabr – (avtomobillar uchun elektrojgutlar ishlab chiqaruvchi) “UzKodji” QKga asos solindi.
2004 yil avgust – “O’zavtosanoat” Assotsiatsiyasi Aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi.
2008 yil avgust – “DaiichiAvtoParts” chet el korxonasining rasmiy taqdimoti bo’lib o’tdi.
2008 yil dekabr – «GM PowertrainUzbekistan» QKning qurilishi boshlandi.
2009 yil sentabr – Namangan shahrida tashqi yoritish tizimlari (avtomobillar uchun fara fonarlar)ni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “UzChasis” QKning ochildi.
2010-yil mart oyi – Farg’ona viloyatida «Ferrae», “UzdongYang Fergana”, “Fergana Avtoglass” kabi 3 ta yangi zavodi ochildi.
2010-yil avgust oyi – “Navoiy” EIIZda (generatorlar va kompressorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan) “UzIraeAlternator” QK barpo etildi.
2010-yil avgust – “Navoiy” EIIZda (avtomobillar uchun o’tkazgich simlar ishlab chiqaruvchi) “UzIraeCable” QK ochildi.
2010-yil sentabr – “Navoiy” EIIZdagi “UzMinda” QKda avtomobil komponentlarini ishlab chiqarish boshlandi.
2010 yil noyabr – “UzXanvu” QKda shovqin izolyatsiyasi uchun materiallar ishlab chiqarish boshlandi.
2011 yil may – «MAN Truck&Bus AG» va “O’zavtosanoat” Aksiadorlik Kompaniyasi O’zbekistonda katta yuk mashinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi zavodni qurishga kirishdi.
2011 yil sentabr – Yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini yirik hajmlarda ishlab chiqish yo’lga qo’yildi.
2012 yil mart oyi – Chevrolet Malibu avtomobilini yirik hajmlarda ishlab chiqish boshlandi.
2012 yil sentabr – Chevrolet Cobalt avtomobilining seriyali ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi.
2013 yil noyabr – Lacetti II (Gentra) avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.
2014 yil mart – Chevrolet Orlando avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.
2015 yil fevral – Samarqand avtomobil zavodi ishlab chiqarish liniyasidan yigirma minginchi avtomobil-siqilgan tabiiy gazda (STG) harakatlanuvchi ISUZU NPR82 mashinasi chiqarildi.
2015 yil may – "O’zavtosanoat" AK ning yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.
2015 yil iyul – Yaponiyaning «Isuzu Motors» kompaniyasi Samarqand avtomobil zavodining ustav kapitalidan 8 % ulushni sotib olish bo‘yicha “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi.
2015 yil iyul – “GM Uzbekistan” AJ «Chevrolet Labo» avtomobilini seriyali tarzda ishlab chiqarishni boshladi.
2015 yil iyul – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 iyuldagi qaroriga ko‘ra alyuminiy quymalaridan butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «UZAUTO-INZI» Ozbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
2016 yil iyun – Yangilangan Chevrolet Nexia avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.
2017 yil may – «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» QKsi “Peugeot Citroen” Gruppasi va “O`zavtosanoat” AK tomonidan barpo qilindi.
2017 yil avgust - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2017 y. PQ-3028-son "2017-2021 yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga binoan “O`zavtosanoat” AK dan “O`zavtosanoat” AJ ga o'zgartirildi.