logo

«O’zavtosanoat» АК dunyoning etakchi kompyuterlar ishlab chiqaruvchi serverlar

Elon 

 

«O’zavtosanoat» АК dunyoning etakchi serverlar ishlab chiqaruvchi serverlar (Dell, HP, Lenovo/IBM) serverlar yetkazib berish huquqini beruvchi tanlov e’lon qiladi.

Tanlov turi – ochiq tanlov.

Tanlov boshlanish kuni – ushbu e’lon chop etilgan sanadan boshlab.

Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar qabul qilish yakuniy sanasi - 2017 yil
6 avgust soat 17:00 gacha (mahalliy vaqt).

Moliyalashtirish manbai: o’z mablag’lari.

To’lov shakli: pul o’tkazish yo’li bilan.

To’lov valyutasi: O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so’m.

Тo’lov shartlari: 50% dan ortiq bo’lmagan oldindan to’lov.

Shartnoma ijrosi: oldindan to'lov kundan boshlab 60 kun muddatda.

Yetkazib berish shartlari: haridorning manziliga yetkazib berish
(manzil: Toshkent shahri, A.Temur ko’chasi, 13 uy).

 

Mazkur tanlov ishtirokchilari quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • Ishtirokchining davlat royxatidan o’tkanligi guvohnomasining nusxasi;
  • Tanlov ishtirokchisi haqida umumiy ma’lumot;
  • Tanlov ishtirokchisi qaytа tashkil etish, tugatish, bankrotlik va sudlashuv jarayonlarida emasligini tasdiqlovchi kafolat xati;
  • Tanlov ishtirokchisi ishlab chiqaruvchining O’zbekiston Respublikasidagi rasmiy hamkori ekanligini vа ushbu tanlovdа kompyuterlarni yetkazib berish huquqini tasdiqlovchi avtorizatsiya xati;
  • Ulgurji savdo bilan shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi.

 

Tanlovdа ishtirok etish quyidagi ishtirokchilarga ruxsat berilmaydi:

  • Buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini qoniqarsiz bajargan;
  • Buyurtmachi bilan sudlashuv yoki arbitraj jarayonida bo’lgan;
  • Ushbu sohada 3 yildan kam muddatli tajribaga ega bo’lgan;
  • Tanlov shartlarida belgilangan talablarga javob bermagan.

 

Xarid mahsuloti, shartnoma sharoitlar va ishtirokchilar uchun talablar haqidagi to’liq ma’lumot xarid hujjatlarida to’liq berilgan. Xarid hujjatlarini olish uchun ishtirokchilar tanlov muddati tugash sanasiga qadar mahalliy vaqt 10:00 dаn 17:00 gacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) ma’sul xodimga murojaat qilishlari mumkin.

 (spetsifikatsiyasi)

Buyurtmachi ma’sul xodimlari;

- А.Shiriev,        +99890 3724488, Amir.Shiriev@uzavtosanoat.uz

- A.Margachov, +99890 3466699, Artyom.Margachyov@uzavtosanoat.uz

 

Ushbu e’lon axborot mazmunida bo’lib, rasmiy taklif sifatida ko’rilmaydi. «O’zavtosanoat» АK o’z takliflarini yuborgan tanlov ishtirokchilari bilan shartnoma tuzish majrubiyatini olmagan.

tepaga