logo

Salimov Umidjan Zakirdjanovich - biografiyasi va vazifalari

Toshkentda 1976 yilda tug'ilgan.

Millati - o'zbek.

Ma'lumoti - oliy; 1998-yilda Toshkent davlat texnika universitetini "Muhandis-dizayner" yo’nalishi bo’yicha tamomlagan;

2007 yilda Toshkent avtomobil va yo'llar institutida aspiranturani tamomlagan, texnika fanlari nomzodi;

1998 yildan 1999 yilga qadar "Avtodayjest" gazetasida ijrochi kotibi bo'lib ishlagan;

1999 yildan 2000 yilgacha "O'zavtosanoat" uyushmasiga qarashli «Avtosaninvestproekt" korhonasi yetakchi mutaxassisi bo'lib ishlagan;

2000 yildan 2004 yilgacha - "O'zavtosanoat” uyushmasining moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza va kredit boyicha yetakchi mutaxassisi bo’lib ishlagan;

2004-2005 yillarda Chonnam Milliy Universitetida (Seul, Koreya Respublikasi) stajirovka o'tagan;

2005-2007 yillarda "O'zavtosanoat" AKning marketing boshqaruvi, savdo strategiyasi va eksportini rivojlantirish salohiyati mutaxassisi bo’lib ishlagan;

2007-2009 yillarda "GM Uzbekistan" YoAJ yangi loyiha boshqarish bo'limi bosh menedjeri;

2009-2011 yillarda "GM Power-Train Uzbekistan" YoAJ bosh direktori o'rinbosari;

2011-2013 yillarda "O'zavtosanoat" AK raisining o'rinbosari;

2013-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim markazi direktori, O'rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari;

2017 yil apreldan boshlab "O'zavtosanoat" AJ Texnik siyosati va mahalliylashtirish bo’yicha boshqaruv raisi o'rinbosari.

2017-2018 yillarda "O'zavtosanoat" AJ boshqaruv raisi.

2017 yil iyun oyidan boshlab "O'zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining rivojlantirish va marketing bo’yicha o'rinbosari.

Oilali, bir qizi va bir og`li bor.

 

Salimov Umidjan Zakirdjanovich - "O'zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining rivojlantirish va marketing bo’yicha o'rinbosari  

Nazoratga olinadigan masalalar: 
•    Ichki va tashqi bozorlarning marketing tahlillarini o'tkazish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
•    Kompaniyaning uzoq va qisqa muddatli rivojlanish strategiyasini shakllantirish;
•    Xorijdagi savdo tarmoqlari orqali kompaniya mahsulotlarini xorijiy bozordagi sotuvini kengaytirish va dilerlik tarmoqlarini rivojlantirish;
•    Mahsulot eksportini tashkil etish va rivojlantirish, eksport shartnomalari tuzish;
•    Amalga oshiriladigan eksport jo'natmalarining tahlili va bu orqali valyuta mablag'lari kirimini ta'minlash;
•    Kompaniyaning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish;
•    O'zaro hamkorlik munosabatlarini qo'llab-quvvatlash;
•    Turli xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik;
•    O'zbekiston Respublikasi hududida yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun yirik sarmoyadorlar va hamkorlarni topish;
•    Rahbarlikni amalga oshirishdan tashqari kompaniya boshqaruvi va kengash yig'ilishlarida belgilangan muddatda barcha zaruriy hujjatlarni tayyorlash.

tepaga