logo
Orqaga qaytish

“UZ TRUCK AND BUS MOTORS” kompaniyasi Toshkentda MAN yuk avtomobillarining yangi avlodini taqdim qildi

07.10.2021

“UZ TRUCK AND BUS MOTORS” kompaniyasi Toshkentda MAN TG3 yuk avtomobillarining yangi avlodini taqdim qildi. Yangi modellar samaradorlik va tejamkorlik, haydovchi uchun qulaylik, benuqson ishlash va mijoz tomonidan biznes yuritishning soddalashishi borasida yangi standartlarni joriy qilishga qaratilgandir.

 

Zamonaviy dizayn, avtomatik boshqaruv tizimidan foydalanish asosidagi takomillashtirilgan xavfsizlik tizimi va har bir buyurtmachining talab-istaklariga moslashtirish mumkin bo‘lgan, foydalanishga ochiq ko‘plab opsiyalar yangi yuk mashinalari oilasining ajratib turuvchi jihatlari sanaladi.

 

Kompaniyaning Samarqand viloyatidagi zavodida allaqachon ushbu modellarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Bugungi kunga qadar ushbu texnikaning yetti turdagi prototipi yig‘ildi, ular barcha sinovlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi iqlim sharoitlariga moslashganlik sinovidan o‘tdi. “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” kompaniyasi ushbu modellarni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beruvchi muvofiqlik sertifikatini ham oldi.

 

tepaga