logo
Orqaga qaytish

“UzAuto Motors” SAP Value Award xalqaro mukofotining bosh sovrindoriga aylandi

08.10.2021

Joriy yilning 7 oktabr kuni onlayn tarzda SAP Value Award xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va aktivlarni boshqarish sohasidagi “Ishlab chiqarish 4.0” nominatsiyada “UzAuto Motors”da SAP S/4HANA dasturining amalga oshirilish natijalari uchun “Uzavtosanoat” AJ bosh nominatsiyani qoʻlga kiritdi. 

SAP Value Award mukofotining ekspertlar hay’ati "Uzavtosanoat" AJni 2021 yilda Rossiya va MDH mamlakatlari tomonidan SAPni amalga oshirish bo‘yicha oltita eng yaxshi keys orasidan tanlashdi. Ushbu nominatsiyaga "Gazprom Neft", “Ruspolimet”, “Shumaxer” va “Kommunarka” kabi kompaniyalar da’vogarlik qilishgan. 

2021 yilning mart oyida UzAuto Motorsda SAP S/4HANA tizimi joriy etildi. SAP bazasiga asoslangan qarorlar biznes jarayonlarni birlashtirishga, ta’minot samaradorligini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga va inventarizatsiya darajasini pasaytirishga yordam berdi.

SAP S/4HANA tizimini amalga oshirish natijasida ishlab chiqarishni rejalashtirish, sotib olish va ombordagi zaxiralarni boshqarish yagona tizim doirasida olib boriladi hamda ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun barcha bo‘limlarga onlayn tarzda taqdim etiladi. Bundan tashqari, kompaniyada SAP tizimining joriy etilishi uning doimiy takomillashishi hamda rivojlanishi uchun asos bo‘ldi.


SAP Value Award – har yili MDH mamlakatlaridagi kompaniyalar o'rtasida o'tkaziladigan nufuzli mukofot bo'lib, SAP qarorlaridan foydalanish orqali erishilgan natijalar uchun beriladi. 2021-yilgi mukofot nominatsiyalari uchun "Gazprom neft", "Kasperskiy laboratoriyasi" va boshqa MDH mamlakatlarining yirik kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Telegram / Facebook / Instagram

www.uzavtosanoat.uz  

tepaga