logo

O`zbekiston-Qozog`iston: hamkorlikning istiqboli va yangi qirralari

2017 yil 22- 23 mart.

 Mehr - oqibat, yangilanish, yasharish va do`stlik bayrami bo`lmish Navruz kunlari  ikki davlat rahbarlarining - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Ostona shahrida bo`lib o`tgan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarini ekspertlar har tomonlama samarali va aloqalarda yangi sahifani ochdi, deya baholadilar. Ta`kidlash joizki, ikki qardosh halq o`rtasidagi munosabatlar ayyom targ`ib etadigan g`oyalar - o`zaro hamjihatlik, hurmat, ishonch va do`stlik asosida rivojlanib bormoqda.


Tashrifning asosiy tadbirlari 23 mart kuni Ostona shahrida bo`lib o`tdi. Oq O`rda qarorgohidagi rasmiy kutib olish marosimidan so`ng, ikki davlat rahbarlari tor doirada muzokara olib bordilar. Unda O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tinchlik va havfsizlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va halqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki qardosh halq o`rtasidagi azaliy yahshi qo`shnichilik va hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganligini alohida ta`kidlab o`tdi.

-       O`zbekiston va Qozog`iston yaqin qardosh, asrlar davomida sinalgan sheriklardir. Mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik yuksak ishonch va o`zaro hurmat asosida rivojlanmoqda. Turli darajadagi aloqalarning faollashgani har ikki davlat ko`p qirrali munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ko`rsatib turibti, -deya qayd etdi davlatimiz rahbari.

Bir necha yillik savdo - iqtisodiy aloqalarga nazar soladigan bo`lsak, Qozog`iston bu borada mamlakatimizning muhim strategik sheriklaridan biri ekanligi jaqqol namoyon bo`ladi. O`zbekiston Qozog`istonga tabiiy gaz, avtomobillar, transport vositalari, mineral o`g`itlar, to`qimachilik, elektrotehnika va qurilish materiallari, meva - sabzavot mahsulotlari va boshqa ko`plab tovar hamda hizmatlarni eksport qiladi. Qozog`istondan esa o`z navbatida, neft, metall, un, yog` - moy mahsulotlari keltiriladi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, mamlakatimizda Qozog`iston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 230 ga jaqin, Qozog`istonda esa o`zbek ishbilarmonlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan 130 dan ziyod korhona faoliyat yuritib kelmoqda. 

 


2 milliard dollar, bu 2016 yil yakunlariga ko`ra mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro tovar ayirboshlash hajmi. Uchrashuvda ta`kidlanganidek, bu ko`rsatkich ayni damdagi mavjud salohiyatga mos emas. Shu sabab tomonlar savdo aylanmasini kamida ikki barobarga oshirishdan manfaatdorlar. Salohiyat ko`lamini esa  O`zbekistonning Milliy sanoat yarmarkasi va har ikki davlat ishbilarmon doiralari qatnashgan biznes forumdan ham anglash mumkin bo`ldi. Unda O`zbekiston va Qozog`istonlik 500dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdilar. Ikki tadbir natijasi o`laroq esa 1 milliard dollarga yaqin savdo shartnomalari va sarmoyaviy kelishuvlar imzolandi.

O`zbek avtomobil sanoati yarmarkaning eng nufuzli qismi bo`ldi, desak yanglishmaymiz. Aynan ushbu soha hamkor davlat tomonida alohida qiziqish uyg`otdi. Aytish joizki, bugungi kunda o`zbek avtomobilsozligi innovatsiyalarni joriy qilish va jadal rivojlanish bo`jicha qariyib 23 yillik tajribaga ega. Tadbirda ham “O`zavtosanoat” AK mutahassislari tarmoa korhonalar tomonidan ishlab chiaarilayotgan mahalliylashtirilgan mahsulotlarning ko`lamini namoyish ailishdi. Ko`rgazmalar zali maydonida “O`zAvtosanoat” AK tomonidan ishlab chiaqrilayotgan yengil avtomobillardan tortib, yuk tashuvchi avtomobillargacha, mahsus tehnikalar,TNP, ehtiyot va butlovchi qismlar, shuningdek, turli sport anjomlarini ko`rish mumkin edi.

 

Kommunal tehnika, avtosamosvallar, shtorli avtofurgonlar, shahar uchun mo`ljallangan avtobuslar, avtokranlar, prisep turlari, furgonlar, bu O`zbekiston avtosanoati imkoniyatining bir qismi holos. Ravon R2,  Ravon R3,   Ravon R4 kabi yengil avtomobillarning so`nggi rusumlari hamda shohona Gentra  kabi eksponatlar soha rivojining so`zsiz dalillari bo`ldi.

Biznes forumda O`zbek avtomobilsozligining bugungi kundagi faoliyati, maqsad va kelgusi rejalari  borasida “O`zavtosanoat” AK raisi o`rinbosari R. Jusupov atroflicha ma`lumot berdi.

- “O`zavto” deganda bugun - 27 mingdan ziyod hodimlar, 4 milliard dollardan ziyod yillik tovar aylanmasi, ishlab chiqarish, sifat va boshqaruvning yuqori standartlarini tushunmoq kerak. O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning rusumlari haqida gapirar ekanman, “GM O`zbekiston” zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli darajadagi 10ga yaqin yengil avtomobillarni ham alohida ta`kidlab o`tgan bo`lar edim. Konveyerdan tushayotgan barcha mahsulot modellari “General Motors”ning sifat standartlari va havfsizlik talablariga to`liq javob beradi, - deya ta`kidlab o`tdi R. Jusupov.

 


Bugungi kunda O`zbekiston avtomobil sanoati yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi “GM O`zbekiston”, avtobus va o`rta darajadagi yuk tashuvchi avtomobillar yig`uvchi “Samarqand avtomobil zavodi” hamda og`ir yuk tashuvchi, yo`l va qurilish uchun mo`ljallangan mahsus texnikalarni ishlab chiqarishga moslashtirilgan “MAN Avto O`zbekiston” kabi kompaniyalardan tashkil topgan. “O`zavtosanoat” AK raisi o`rinbosari R. Jusupov o`z ma`ruzasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning zamonaviy yo`nalishlari hususida ham atroflicha ma`lumot berdi. Taqdimot marosimi davomida havola qilingan slaydlarda mahalliy korhonalar tomonidan o`zlashtirilgan butlovchi qismlar namoyish etildi. Ya`ni, eng avvalo bu, kuzovning tashqi va ichki detallari, shassi, avtomobil dvigateli, elektrik butlovchilar va boshqa bir qator metall, plastik va shisha mahsulotlaridir. Mahalliylashtirish dasturi bo`yicha faoliyat yuritayotgan korhonalarning yuqori salohiyati sabab, bugungi kunda avtomobillarning bir qator butlovchi qismlari AQSh, Braziliya, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Rossiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi davlatlar avtokonveyerlari va bozorlariga yetkazib berilmoqda. Shu bilan birgalikda, savdo tarmoqlarining kengayib borayotganligi ham quvonarli holdir. Hozirda dunyoning 39 mamlakatida 200 ga yaqin, jumladan, Qozog`istonda 25 ta  dillerlik korhonalari tashkil etilgan.

Hulosa qilib aytadigan bo`lsak, ikki davlat tadbirkorlarining keng doiradagi uchrashuvi strategik ahamiyatga ega bo`ldi. Buning tasdig`ini natijalar ham ko`rsatib turibti: Qozoq-O`zbek biznes forumi maydonida 10 ta tijoriy bitimlar, jumladan, bitta sarmoyaviy loyiha hamda 9 ta savdo-eksportga aloqador hujjatlar imzolandi. Jami, O`zbekiston va Qozog`istonlik ishbilarmonlar avtomobilsozlik, neft-gaz sohasi, qishloq ho`jaligi, kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish bo`yicha 834 million AQSh dollariga teng 92 ta hujjatni imzolashga muvaffaq bo`ldilar. Har ikki davlat avtomobil ishlab chiqaruvchi korhonalari o`rtasida imzolangan shartnomaga ko`ra yaqin kelajakda Qozog`istonda o`zbek avtomobillari, avtobus va tijoriy texnikalari yig`ila boshladi.

 


Undan aval Oq O`rdada bo`lib o`tgan uchrashuvda esa ikki davlat rahbarlari tomonidan 7 ta bitim imzolandi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog`istonga davlat tashrifi O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratdi va shu bilan birga bu munosabatlarning yangi qirralarini ochib berdi.     

  

tepaga