logo
back

ShHTga a'zo davlatlarning sanoat vazirlari UzAuto kompaniyasining faoliyati bilan tanishishdi.

16.07.2022

2022-yilning 15-iyul kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning sanoat vazirlarining ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida delegatsiyalar rahbarlari ShHT doirasida sanoat sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va kelgusidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.
Tadbir ishtirokchilarini O'zbekistonning sanoat sohasidagi yutuqlari va salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida UzAuto kompaniyasi avtomobilsozlik sohasidagi ekspozitsiyalar, tarkibiy korxonalar salohiyati, yirik loyihalar va boshqalar haqida ma'lumotlar berdi.

Other news

up