“UZAUTO MOTORS” AJ “ASR PROGRESS INNOTECH” MCHJ BI...
January 08, 2022
"UzAuto Motors” AJ “ASR PROGRESS INNOTECH” MCHJ (Andijon viloyati Bo’z tumani) bilan dilerlik kelushuvidagi bir qator qoidabuzarliklar sabab shartnomani bekor qilganligini ma’lum qiladi.
“UzAuto Motors” AJ tomonidan 2021-yilning dekabr oyida “ASR PROGRESS INNOTECH” MCHJda o‘tkazilgan monitoring natijasida, Diler korxonasi tomonidan tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi hamda dilerlik kelishuvining qator bandlari qo‘pol ravishda buzilganlik holatlari aniqlandi.
Shuningdek, korxona faoliyati davomida qonunbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlandi va ushbu holatlar bo‘yicha tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga huquqiy baho berilishi uchun ma’lumot taqdim qilindi.
“ASR PROGRESS INNOTECH” MCHJ va mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha Diler korxonaning mijozlar oldidagi majburiyatlari “Andijon Avtotexxizmat” tomonidan bajariladi.
Kompaniya “ASR PROGRESS INNOTECH” MCHJ diler korxonaning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini kafolatlaydi.
Kompaniya Dilerlik tarmoqlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va qoidabuzarliklarni aniqlashda davom etadi.
Hurmatli fuqarolar, agarda dilerlik markazlari tomonidan avtomobil xarid qilish bog'liq jarayonda qo‘shimcha pul talab qilinsa, sizdan kompaniyaning “call-center” markazi raqamiga 78 141 77 77 murojaat qilishingizni so‘raymiz.