“BYD Uzbekistan Factory” MChJ QK rahbariyati Turin politexnika universiteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda korxona bosh direktori “O’zavtosanoat”AJ tizimidagi boshqaruv tajribasi hamda ishlab chiqarishdagi real misollar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, talabalarga zavodda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, BYD korporatsiyasining global faoliyati va rivojlanish tendensiyalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv yakunida talabalar soha mutaxassislaridan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.