Jizzaxda “BYD Brand Night – Ipak yo‘lida minglab c...
Jizzax viloyatidagi “BYD Uzbekistan Factory” korxonasida BYD kompaniyasi hamda Shensi radio va televideniye stansiyasi (Shaanxi Radio and Television Station) Media guruhi hamkorligida “BYD Brand Night – Ipak yo‘lida minglab chaqirimlar” nomli yirik xalqaro media tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir g‘oyasi va vazifalarini kengroq targ‘ib qilish maqsadida media vakillari BYD kompaniyasining Dinastiya va Ocean yo‘nalishlaridagi modellar hamda BYD, Fangchengbao, Denza va Yangwang brendlariga mansub jami 18 ta yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillarda Xitoyning Sian shahridan Vengriyaga qadar bo‘lgan keng qamrovli media sayohat tashkil etdilar. Safar yo‘nalishida O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Toshkent va Jizzax shaharlari ham muhim manzil sifatida kiritildi.
BYD’ning Xitoydan tashqaridagi ilk zavodi – “BYD Uzbekistan Factory” ushbu mazkur sayohatning markaziy nuqtasiga aylandi. OAV vakillari korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar va uchrashuv davomida tomonlar hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Media sayohat tafsilotlariga oid barcha savollarga javob berish maqsadida BYD kompaniyasining Brending va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari muovini Du Gochjun bilan suhbat tashkil etildi.