"UZAUTO MOTORS" KOMPANIYASI PREZIDENT TOPŞIRIĞINI...
“UzAuto Motors” kompaniyasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti topşiriğini bajarib, 2022-yilning birinçi yarim yilligida 160 000 dona avtomobil işlab çiqardi.
Kompaniya öz faoliyatini boşlaganidan buyon, birinçi marta birinçi yarim yillikda zavodda 160 000 dona avtomobil işlab çiqarildi. Şunday qilib, korxona mehnat jamoasi nafaqat Prezident topşiriğini bajaribgina qolmay, balki işlab çiqarişning yangi rekordini örnatdi.
Yangi işlab çiqariş rekordi şarafiga yiğiş sexida 160 000-çi avtomobilning çiqişiga tantanali tadbir taşkil etildi.
Korxona rahbarlari öz çiqiş sözlarida yiğilgan xodimlarni jamoaning erişgan ğalabasi bilan samimiy tabriklaşdi.
"UzAuto Motors" AJ boş direktori Bo Anderson mamlakat prezidenti tomonidan jamoa oldiga qöyilgan maqsadga erişişda qöşgan hissasi uçun barça xodimlarga öz minnatdorçilik bildirdi. Şuningdek, u kompaniya birinçi yarim yillikda nafaqat rekord miqdordagi avtomobil işlab çiqaribgina qolmay, balki ötgan yilning şu davriga nisbatan 72 foizga köp avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berganini alohida ta’kidlab ötdi. Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobil modellarini kutiş muddatini qisqartirilgani hmada kompaniyaning eng yaqin orada maqsadi, Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari işlab çiqarilişini muvaffaqiyatli yölga qöyiş ekanligini ma’lum qildi.
Işlab çiqariş va texnologiyalarni rivojlantiriş böyiça boşqaruvçi direktor Iqbol Jörayev barça xodimlarni mehnatsevarligi, qat'iyati va sabr-toqati uçun minnatdorçilik bildirdi.
Xorazm filiali boşqaruvçi direktori Sobir Jumaniyozov barçani a'lo natija bilan tabrikladi, xodimlarni boşqariş direksiyasi direktori Ilhom Tairov esa, kompaniya bunday yuqori natijalarga butun jamoaning sa'y-harakati, birdamlik va hamjihatlilik bilan qilgan mehnati hamda yuqori darajadagi taşkilotçiligi sababli erişganligini alohida ta’kidlab ötdi.
Kompaniya kasaba uyuşmasi raisi Öktam Mirzayev “160 000 – bu kimlardir uçun şunçaki raqam bölişi mumkin. Ammo faqat bizning xodimlarimiz uşbu raqamlar ortida qanday investitsiya, qanday maşaqqat va qanday mehnat borligini bilaşadi.” – deya gapirib ötdi.
Şuningdek, öz işini yaxşi körsatkiçlar bilan qayd etgan xodimlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişdi. Tadbirdan söng, butun jamoa uçun bayramona tuşlik dasturxoni taşkil etildi.