"Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovida in...
Tanlovda ishtirok etish shartlari:
1. Ro'yxatdan o'tishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlardagi ma'lumotlar asosida manzilingizni belgilashingiz lozim; 2. Ishtirokchi O'zbekiston Respublikasining har qanday hududlaridan bo'lishi va o'zining ro'yxatdan o'tish manzili bo'yicha qatnashishi lozim; 3. Ishtirokchi 16-25 yosh oralig'ida bo'lishi; 4. O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi; 5. Aniq bir innovatsion g'oya, ilmiy va startap loyihaga ega bo'lishi; 6. Ro'yhatdan o'tish vaqtida IQ testdan 110 balldan kam ball olmasligi; 7. Tanlovlarda g'olib bo'lganligi to'g'risidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega bo'lishi (majburiy emas) 8. "Mirzo Ulug'bek vorislari-2022" Respublika tanlovining Respublika bosqichida g'olib bo'lmagan bo'lishi lozim.
Tanlov bosqichlari:
1. Ishtirokchilar Yanvar oyida tanlovning veb-saytida yoki telegram botida registratsiya va IQ testdan o'tadi. 2. Fevral-mart oylarida tanlovning Tuman bosqichlari bo'lib o'tadi va unda sovrinli o'rinlarni olgan 5 nafardan g'oliblar sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va ikkinchi bosqichga o'tkaziladi; 3. Aprel oyida viloyat bosqichi bo'ladi va unda eng yuqori ball to'plagan 20 nafar ishtirokchi pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi hamda tanlovning Respublika bosqichida qatnashish imkonini qo'lga kiritadi; 4. May oyida tanlovning Respublika bosqichida Komissiya a'zolari tomonidan eng yaxshi deb topilgan 100 ta loyiha g'olib deb e'lon qilinadi hamda diplom bilan taqdirlanadi.
Tanlov g'oliblarini taqdirlash tartibi:
1. Tuman bosqichi g'oliblari BHMning 5 barobari va esdalik diplomlari; 2. Viloyat bosqichi g'oliblari BHMning 10 barobari va esdalik diplomlari; 3. Respublika bosqichi g'oliblari BHMning 20 barobari miqdorida pul mukofotlari, esdalik diplomlari hamda "Ulug'bek" jamg'armasi tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o'quv kurslarida bepul tahsil oladi. Shuningdek, o'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar bo'yicha ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va tadbirkorlarga biriktiriladi hamda "Yoshlar akademiyasi" va "Kelajak liderlari klubi"ga jalb etiladi.