“O‘zavtosanoat” AJ mas’ullari aholi va qishloq xo‘...
Bugungi kunda respublikamizda keng miqyosda olib borilayotgan aholi hamda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari doirasida “O‘zavtosanoat” AJdan jalb etilgan mas’ul xodimlar tomonidan hududlarda tizimli va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mazkur ishchi guruhlar tomonidan mahallalarda aholi bilan bevosita uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ushbu muloqotlar davomida fuqarolarga aholini ro‘yxatga olish tadbirlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek ro‘yxatdan o‘tish tartibi hamda bosqichlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
Jumladan, Andijon tumanidagi Mirobod MFY, Tolmozor MFY hamda Poloson MFYlarda “O‘zavtosanoat” AJdan jalb etilgan mas’ullar tomonidan fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tomonidan fuqarolarga census.stat.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlari bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda, yuzaga kelayotgan savollarga atroflicha javoblar berilmoqda.