“O‘zavtosanoat” AJ mas’ullari tomonidan aholi va q...
Fuqarolar faolligini oshirish, ro‘yxatga olish jarayonlarining ochiq, qulay va tezkor tashkil etilishini ta’minlash maqsadida “O‘zavtosanoat” AJdan jalb etilgan mas’ullar tomonidan mahallalarda aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilib, ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirokni ta’minlashga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari izchil olib borilmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi Sarmich MFYda 3 ta, Xo‘jamushkent MFYda 4 ta hamda Sovot MFYda 4 ta aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish maskanlari tashkil etildi. Ushbu maskanlarda mas’ul xodimlar ishtirokida jarayonlar doimiy nazoratga olinib, fuqarolarga ro‘yxatga olish tadbirlarining mazmun-mohiyati, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati, shuningdek ro‘yxatdan o‘tish tartibi va bosqichlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.