“O‘zavtosanoat” AJ Toshkent xalqaro investitsiya f...
“O‘zavtosanoat” AJ Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ilk bor tashkil etilgan investitsiya ko‘rgazmasida ishtirok etib, o‘zining sanoat salohiyati keng namoyish qilmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbir – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan eng yirik voqealardan biri hisoblanadi. “O‘zavtosanoat” AJning ko‘rgazmadagi ishtiroki mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatining innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarini xalqaro miqyosda tanitish, shuningdek, yangi strategik hamkorlarni jalb etishga qaratilgan.