“O‘zavtosanoat” AJ xodimlari uchun aholini ro‘yxat...
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 931-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida"gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zavtosanoat” AJ va uning tarkibiy tarmoq korxonalari xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar Jamiyatning Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi, Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etish, census.stat.uzportali orqali ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xodimlarning ish faoliyatida ochiqlik, halollik va qonuniylik tamoyillariga rioya etishning ahamiyati yuzasidan muhim tavsiyalar taqdim etildi.
Mutaxassislar tomonidan xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ro‘yxatga olish jarayonida ularning faol va mas’uliyatli ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.