"O‘zavtosanoat” AJning 2025-yil yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalar to‘g‘risida yillik hisoboti
Davlat rahbari tomonidan avtomobilsozlik sanoatiga qaratilayotgan yuksak e’tibor hamda sohani izchil rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar natijasida 2025-yil davomida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish hamda investitsiya loyihalarini keng ko‘lamda amalga oshirish orqali tarmoqda barqaror va izchil o‘sish sur’atlari qayd etildi.