O‘zbekiston talabalari “Seeds for the Future” ta’l...
Jori yilning 30-avgust kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida vazir Sherzod Shermatov “Seeds for the Future” ta’lim loyihasi ishtirokchilar bilan uchrashdi.
Loyihada ishtirok etish uchun ariza topshirish joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonning 11 ta oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun boshlangan edi. Tanlov natijalariga ko‘ra 15 nafar talaba yakuniy suhbatdan eng yaxshi natijalar bilan o‘tdi.
Quvonarlisi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti "Mashinasozlik texnologiyasi" yo’nalishi 4-bosqich talabasi Kayumov Asadbek ham HUAWEI kompaniyasining «Seeds for the Future» dasturi g'oliblari qatoridan joy olib, Qatar davlatining Doha shahrida bilim olish va malaka oshirish imkoniyatini beruvchi yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Talabamizni ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!