Toshkent traktor zavodi mehnat muhofazasi bo‘yicha...
28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, tarmoq kasaba uyushmalari vakillari hamda korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi. Tadbir doirasida zamonaviy maxsus kiyimlar, shaxsiy himoya vositalari va texnika jihozlari ko‘rgazmasi ham namoyish qilindi.
Tadbir yakunida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazorati” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichida Toshkent traktor zavodi g‘olib deb topilib, “Toshkent viloyatida mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi korxona” sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, tanlov g‘olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.