“Toshkent traktor zavodi”da OAV vakillari va bloge...
"O‘zavtosanoat" AJ, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamkorligida OAV vakillari va blogerlar uchun “Toshkent traktor zavodi” MChJda press-tur tashkil etildi.
Tadbir davomida mehmonlar qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishning to‘liq jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishning to‘liq texnologik jarayoni namoyish etilib, mexanik ishlov berish, presslash, payvandlash, bo‘yoqlash va yig‘uv tsexlari bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarga korxonada amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish ishlari, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yangi loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Press-tur doirasida tashkil etilgan ochiq muloqotda “Agrobank” ATB mutaxassislari tomonidan fermerlar uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda yaratilgan qulay bank shartlari va moliyaviy imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Maqsad agrar sohaning texnologik yangilanishi, mahalliy ishlab chiqarish salohiyati va fermerlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni jamoatchilikka ochiq va shaffof tarzda namoyish etishga qaratilgan. На Ташкентском тракторном заводе организован пресс-тур для представителей СМИ и блогеров —